
Dubayda davom etayotgan "Dubai Cup" turnirining 2-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda yaponiyaliklar Quvayt termasini yirik 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘tgan turda Yaponiya yoshlar termasi o‘zbekistonlik olimpiyachilar bilan kuch sinashib, 2:2 hisobini qayd etgandi.
Olimpiya terma jamoamiz a’zolari musobaqaning ikkinchi turida BAAga qarshi o‘yin o‘tkazishdi. Uchrashuv 2:0 hisobida vakillarimizning g‘alabasi bilan yakunlandi. Terma jamoamiz tarkibida gollarga ikkinchi bo‘limda zaxiradan tushgan Sanjar Qodirqulov (75) va Islom Qobilov (80, penalti) mualliflik qilishdi.
Ushbu uchrashuvdan keyin turnir jadvali shunday ko‘rinish olgan:

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar