
Milliy chempionatlarda yuzaga kelgan tanaffusda terma jamoalarga chaqirilmagan futbolchilar bir necha kunga ta’til olishdi.
Argentinalik Leonel Messi xotini va u nafar o‘g‘li bilan Dubay shahriga dam olish uchun yo‘l olgan edi. U yerda Messi Fransiya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba bilan uchrashdi, deya xabar beradi Sports.uz nashri.

Bu futbolchilar Pogbaning “Barselona”ga o‘tish haqida suhbatlashgan. So‘nggi vaqtlarda ushbu mavzu juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar