07:55 / 28.11.2018
2 911

Gvardiola: "Chempionlar ligasi xavfli musobaqa. «Siti»ning birinchi ishi – pley-offga chiqish"

Gvardiola: "Chempionlar ligasi xavfli musobaqa. «Siti»ning birinchi ishi – pley-offga chiqish"
«Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola Yevropa chempionlar ligasi 5-tur «Lion» jamoasiga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Man Siti» ning birinchi raqamli masalasi – guruhdan chiqish. Mavsum boshlanganidan buyon biz uchun asosiy savol chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqish bo‘lib turibdi.

Agarda bir yoki ikkita xatoga yo‘l qo‘ysang, bu oxiri bo‘lishi ham mumkin. Bu xavfli musobaqa. Biz hali kvafilikatsiyadan o‘ta olmadik, bu juda ham muhim masala. Men ushbu musobaqa bilan tanishman va qanchalik qiyinligini bilaman.

Seshanba kuni biz uchun birinchi imkoniyat paydo bo‘ladi. Albatta, bizning «Xoffenxaym» klubi bilan uy o‘yinimiz bor, biroq bizga so‘nggi o‘yinda bosim bo‘lmasligini istayman. Agar g‘alaba qozonsak, biz guruhda birinchi o‘yinni egallaymiz.

Pley-offning birinchi o‘yinini uyda o‘tkazish huquqi juda ham muhim. Bu hal qiluvchi narsa emas, lekin bu kichik ustunlik. Birinchi masala – kvalifikatsiyadan o‘tish», - deydi Gvardiola.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: "Chempionlar ligasi xavfli musobaqa. «Siti»ning birinchi ishi – pley-offga chiqish"