Foto: «Sky Sports»
Turinning «Yuventus» klubi «Valensiya»ni kichik hisobda (1:0) yutib, Yevropa Chempionlar ligasining keyingi bosqichiga chiqdi. Bu g‘alaba Krishtianu Ronaldu uchun o‘zgacha ahamiyatga ega: u ChL o‘yinlarida 100 marotaba g‘alabaga erishgan ilk futbolchi bo‘ldi.
Agarda Chempionlar ligasi va Chempionlar kubogi (ChL gacha o‘tkazib kelingan turnir) tarixiga nazar solinsa, faqat 10 ta klub bu turnirlarda 100 dan o‘yinlarda zafar qozongan. Chempionlar ligasi o‘tkazila boshlangan 1992 yildan boshlab hisoblansa, birgina Ronalduning o‘zi g‘alabalari ko‘pligi bo‘yicha bu turnirda qatnashgan 140 klubdan 136 tasini ortda qoldirgan. Eng ko‘p g‘alaba faqat «Real», «Bavariya», «Barselona» va «Manchester Yunayted»da .
Yana bir ko‘rsatkich: Ronaldu ChL da jami 121 ta gol urgan, eng yaqin ta’qibchi — Messida 105 ta gol bor. O‘rtadagi farq juda ham ozligi bu ikki buyuk futbolchining o‘yinlarini yana va yana kuzatishga chorlayveradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi