date
views 3 183

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Koreyaning “SAU H.S” jamoasini magʻlub etdi

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Koreyaning “SAU H.S” jamoasini magʻlub etdi
Kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida “Orolboʻyi hududlarida ekologik muhitni yaxshilash masalalari va bu jarayonda koreys diasporasining roli” mavzusida xalqaro forum boshlandi. Mazkur forumda BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun boshchiligidagi Janubiy Koreya delegatsiyasi vakillari ishtirok etishmoqda.

Forum doirasida Janubiy Koreyaning “Chung-Ang university high school” futbol jamoasi Qoraqalpogʻiston Respublikasining U-19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdi. Oʻyin 0:0 hisobidagi durang bilan yakuniga yetdi.

Bugun 28 noyabr kuni “Chung-Ang university high school” jamoasi Toshkent shahridagi “Milliy” oʻyingohida Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar jamoasi bilan kuch sinashishdi. Uchrashuv 1:0 hisobida Otabek Gʻulomxoʻjayev shogirdlari foydasiga hal boʻldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Koreyaning “SAU H.S” jamoasini magʻlub etdi