«Bunyodkor» bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov «Paxtakor»dan uchralgan yirik mag‘lubiyatga (0:4) jamoa a’zolari hali mavsum tugamay ta’til haqida o‘ylay boshlaganliklarini sabab sifatida keltirib o‘tdi. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda.
«Nihoyat, chempionatimizni tugatdik. «Bunyodkor» yomon o‘yin ko‘rsatgani yo‘q. O‘z muxlislarining mehrini qozondi, deb o‘ylayman.
«Paxtakor»ni ham haqli g‘alaba bilan tabriklayman, chunki biz sal vaqtliroq ta’tilga chiqib qo‘ydik. Lekin bu ham – yigitlar uchun katta tajriba. Futbolda har bitta o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish kerak.
Natijaga qaramay, bolalardan faxrlanaman va ulardan minnatdorman. Endi, ko‘p gap eshakka yuk deyishadi-yu. Ta’tilga chiqdik, yaxshi dam olsak bo‘ldi, eng keraklisi – shu», – deb aytib o‘tdi Qosimov.
Tribuna.uz muxbirining ma’lum qilishicha, «qaldirg‘ochlar» ustozi yanvarda BAAda o‘tadigan Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasiga omad tiladi.
Eslatib o‘tamiz, moliyaviy muammolar girdobida qolgani aytilayotgan «Bunyodkor» noyabr oyi o‘rtalarida FIFA talabiga ko‘ra 6 ochkodan mahrum qilingach, chempionat tugashiga 2 tur qolganida bronza uchun kurashdan chiqdi va yakunda to‘rtinchi o‘rinni egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi