Bugun bo‘lib o‘tgan Superliganing so‘nggi o‘yinida "Buxoro" safarda "Metallurg" mehmoni bo‘ldi.
Mazkur bahsda maydon egalari 1:0 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Buxoro" klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev ishdan ketayotganini ma’lum qildi.
"Mana, bugungi o‘yin bilan 2018 yilgi chempionat ham o‘z yakuniga yetdi. Bu men uchun murabbiy sifatida ikkinchi mavsum bo‘ldi. Jamoam bilan bu yil ham o‘tgan yildagi kabi 6-o‘rinni egalladik. Superliga bahslari o‘ziga yarasha qiziq va shiddatli o‘tdi deyishim mumkin".
"Mavsum davomida bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga, rahbariyatga, futbolchilarga va klub xodimlariga tashakkur aytaman. O‘zimga kelsak, murabbiylik sohasida yanada ko‘proq izlanishim, o‘qishim kerak deb hisoblayman. Shu sababli bugun jamoa bosh murabbiyligidan bo‘shash haqida ariza yozishga qaror qildim".
"Bu qarorga kelish juda og‘ir bo‘ldi. Men o‘z yurtimni, o‘z shahrimni va futbolda o‘tgan yillarimda men bilan birga bo‘lgan barchani yaxshi ko‘raman. Mening futbolchi bo‘lib yetishishimda Buxoroning o‘rni katta. Shu yerda ulg‘aydim, futbol sabab boshqa yurtlarda ham to‘p tepdim".
"Orzu qilardimki, bir kun kelib o‘zimning sevimli jamoamda murabbiy bo‘lishni. Mana orzuim amalga oshib ikki yil jamoani boshqardim. Shu ikki yil ichida "Buxoro" uchun chin yurakdan mehnat qildik. Jamoa har ikki mavsumda chempionat yetakchilariga qarshi munosib raqobat ko‘rsata oldi. Bugungi qarorimni barcha to‘g‘ri tushunadi degan umiddaman. "Buxoro" hamisha qalbimda yashaydi. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman", - deydi Baqoyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin