Kecha saytimizda "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevning klubdan ketishi mumkinligi haqida xabar chiqdi.
Avvalo shuni aytish kerak, Ro‘ziqul Sa’dullayevich malakali mutaxassis hamda yoshlar bilan ishlashni biladi. Berdiyev "Nasaf" bosh murabbiyi sifatida bir qator yutuqlarga erishdi va yana jamoa rulida qoladigan bo‘lsa, bundan keyin ham yaxshi natijalar qayd etishiga umid qilsa bo‘ladi.
Ammo shamol bo‘lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi deganlaridek, Ro‘ziqul Sa’dullayevichning jamoadan ketishi mumkinligi haqida bekorga gap chiqqani yo‘q. Ko‘pchilik bu mavsum Berdiyev uchun "Nasaf" bosh murabbiyi sifatidagi oxirgisi demoqda. Lekin murabbiy ketgan taqdirda ham ko‘p vaqt ishsiz qolmasa kerak.
"Nasaf"ning bu yil kuchli oltilikka kira olmagani Berdiyevning aybi bilan emas, balki klubda yuzaga kelgan moliyaviy holat tufayli yuz berdi. Jamoa puldan qiynalib qoldi, natijada yetakchilarning ketishi boshlandi. Avvaliga mahalliy futbolchilar, undan keyin legionerlar ketib qoldi. Albatta, hozirgi kunda biror bir futbolchini faqat yaxshi gap bilan jamoada olib qolib bo‘lmaydi.
Shunga qaramay, "Nasaf" Superliganing ikkinchi bosqichida ham o‘zini ko‘rsata oldi. Masalan, "ajdarlar" asosiy raqobatchilari "Qizilqum" va "Qo‘qon-1912"ga nisbatan ko‘proq ochko jamg‘ardi. "Nasaf" hozircha 15 ochko to‘pladi, bu ikki jamoa esa 12 ochkodan. Shaxsiy fikrimcha, agar Berdiyev "Nasaf"ni tark etadigan bo‘lsa, eng yaxshi variant sifatida "So‘g‘diyona" ko‘rinyapti. Chunki kelasi yil Jizzaxda pul bo‘lsa Berdiyev jamoa bilan qanday ishlash kerakligini ko‘rsata oladi.
Nega aynan "So‘g‘diyona"? Vaziyatga real qarasak, Ro‘ziqul Sa’dullayevich vodiyga bormasa kerak. Shuningdek, Toshkentga ham kelmasligi ehtimoli katta. Arveladze "Paxtakor"da qoladigan ko‘rinyapti, Fyodorov "Loko"ni chempion qildi, Qosimov esa "Bunyodkor"dagi eng asosiy figura hisoblanadi.
Yana kimlar qolyapti? Hamidjon Aktamov "Qizilqum"ni hech kimga berib qo‘ymaydi. Shipilov "Metallurg"ga mos murabbiy, aytgancha bu yerda "Buxoro" ham bor. Lekin Berdiyev "Buxoro"ni tanlarmikan. AGMKda ishlab Baxtiyor Ashurmatov Kubokni yutdi, "Neftchi" tushib ketdi, "Navbahor"ga Kanchelskis o‘zi yaqinda keldi, No‘’mon Hasanov ham Qo‘qonda yomon ishlamayapti.
Endi "So‘g‘diyona"ga keladigan bo‘lsak, rahbariyat Sergey Lushanga hamma sharoitni qilib berdi. Yozgi transfer paytida faqat "So‘g‘diyona" legionerlar limitiga to‘liq amal qilib o‘z safiga beshta xorijlikni qo‘shib oldi. Lekin natija qani? Mana endi jamoa o‘tish o‘yinida ishtirok etadi. Bolalar futbolidan chiqqan Lushanga negadir kattalar futboli mos kelmayapti. Shaxsiy fikrimcha, bu kishi birorta futbol maktabiga direktor bo‘lgani ma’qul.
Mana shu taxminlardan kelib chiqib Ro‘ziqul Berdiyev mabodo "Nasaf"dan ketadigan bo‘lsa ham eng ma’qul variant "So‘g‘diyona" deb o‘ylayman. Chunki Jizzaxda ham futbolni Qarshidan kam bo‘lmagan darajada yaxshi ko‘rishadi. Qolaversa, Jizzaxdan har doim yaxshi futbolchilar yetishib chiqqan. Balki Berdiyev o‘z joyida qolib boshlab qo‘ygan ishini davom ettirishi ham mumkin. Lekin boshqa klubda ham ishlab ko‘rsa buning nimasi yomon? “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi