date

«Atletiko Madrid» va «Deportivo» ishqibozlari o‘rtasidagi mushtlashuv vaqtida bir kishi halok bo‘ldi

© vesti.ru

Ispaniyaning «Atletiko Madrid» va «Deportivo» futbol klublari ishqibozlari o‘rtasidagi mushtlashuv natijasida bir kishi halok bo‘ldi.

Vesti.ru xabariga ko‘ra, hodisa futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati 13-turi doirasidagi «Atletiko Madrid» – «Deportivo» uchrashuvi arafasida, Madriddagi «Visente Kalderon»atrofida sodir bo‘lgan.

Xabar berishlaricha, mushtlashuv vaqtida ishqibozlardan birini daryoga otib yuborishgan, suvga tushib ketgan ishqiboz esa muzlab qolish natijasida vafot etgan.

Ma’lumot uchun, «Atletiko Madrid» va «Deportivo» o‘rtasidagi bahs 2:0 hisobida madridliklar g‘alabasi bilan yakuniga etdi.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Atletiko Madrid» va «Deportivo» ishqibozlari o‘rtasidagi mushtlashuv vaqtida bir kishi halok bo‘ldi