
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Espanol”ga qarshi LaLiganing 15-tur oʻyinida (4:0) ikki marta jarima zarbasidan gol urishga muvaffaq boʻldi.
Bu Messining soʻnggi toʻrt yildagi jarimadan urgan 19-goli boʻldi. Argentinalik forvard ushbu koʻrsatkich boʻyicha butun bir klublardan ustun ekan. Soʻnggi toʻrt yilda “Yuventus” futbolchilari umumiy hisobda 18 marta jarima zarbasini golga aylantirishgan. Keyingi oʻrin “Lion”, “Real” va “Roma”ga tegishli (14ta).
Soʻnggi toʻrt yildan jarimadan gol urish boʻyicha eng yaxshi natijalar:
Lionel Messi - 19ta gol
“Yuventus” - 18ta
“Real”, “Lion”, “Roma” - 14ta
“Bavariya” - 13ta
“Sampdoriya”, “Monako”, PSJ - 12ta
“Chelsi”, “Liverpul”, “Milan” - 11ta
Manba: Championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar