Parijda FIFA bosh kotibi o‘rinbosari Zvanimir Boban boshchiligidagi ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda UYeFA Millatlar ligasining analogi sifatida Butunjahon Millatlar ligasi tashkil etish va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini yanada isloh qilish masalasi muhokama qilindi. Aytish lozimki, Boban boshchiligidagi ishchi guruhga aynan mana shu ikki musobaqaning o‘tkazilishi bo‘yicha texnik va sport masalalarini ko‘rib chiqish topshirilgan.
- Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati: Taqvim, format, ishtirokchi jamoalar soni, yo‘llanmalar taqsimoti.
- Butunjahon Millatlar ligasi: Taqvim, format va turnirning mintaqaviy konfederatsiyalardagi saralash o‘yinlariga ta’siri.
Ushbu ishchi guruh yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘z taklifini kelgusi yilning 15 mart kuni AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tadigan FIFAning navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi