08:25 / 15.12.2018
2 452

Venger Zidanga Angliyaga borishni maslahat berdi

Venger Zidanga Angliyaga borishni maslahat berdi
«Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger o‘z vatandoshi Zayniddin Zidanga o‘z faoliyatini Premer-ligada davom ettirishni maslahat berdi.

Zidan o‘tgan mavsumning oxiridan buyon ishsiz qolmoqda. O‘sha mavsum Zidan Qirollik klubini uchinchi marotaba YeChL g‘olibligiga olib kelgan edi.

«Nimaga yo‘q ekan? Hozirgi paytda agar sen yuqori darajada faoliyat yuritishni istasang Angliyaga kelishing kerak.

Biroq Brexit sababli ayrim noaniqliklar mavjud va asosiy muammo shundaki Premer-liga moliyaviy jihatdan yetakchi bo‘lib qoladimi yo‘qmi? Yaqinda bilib olamiz.

Angliya – birdaniga 6 ta klub chempionlik uchun kurash olib boradigan yagona davlat. Ko‘pchilik bosh chempionatlarda dekabr oyidayoq kim chempion bo‘lishi aniq bo‘lib qoladi. Ayrim Fransiya kabi davlatda esa sentyabr oyida ham chempion nomini aytishing mumkin», - deydi Venger.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Venger Zidanga Angliyaga borishni maslahat berdi