
Ayni damda Shveysariyaning Non shahridagi UYeFA shtab-kvartirasida Chempionlar ligasining 2018/19 yilgi mavsum nimchorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Xabaringiz bor o‘tgan haftada musobaqaning guruh bosqichiga yakun yasalgan edi. Unga ko‘ra esa quyidagi jamoalar pley-off bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi:
Guruh g‘oliblari: «Bavariya» (Germaniya), «Barselona» (Ispaniya), «Borussiya» Dortmund (Germaniya), «Manchester Siti» (Angliya), «Portu» (Portugaliya), PSJ (Fransiya), «Real» (Ispaniya), «Yuventus» (Italiya).
Ikkinchi o‘rin sohiblari: «Atletiko» (Ispaniya), «Ayaks» (Gollandiya), «Liverpul» (Angliya), «Lion» (Fransiya), «Manchester Yunayted» (Angliya), «Roma» (Italiya), «Tottenxem» (Angliya), «Shalke» (Germaniya).
Quyida ushbu bosqichda raqib bo‘lgan juftliklar bilan tanishib olishingiz mumkin:
"Shalke" (Germaniya) - "Manchester Siti" (Angliya)
"Atletiko" (Ispaniya) - "Yuventus" (Italiya)
"Manchester Yunayted" (Angliya) - PSJ (Fransiya)
"Tottenxem" (Angliya) - "Borussiya D" (Germaniya)
"Lion" (Fransiya) - "Barselona" (Ispaniya)
"Roma" (Italiya) - "Portu" (Portugaliya)
"Ayaks" (Gollandiya) - "Real" (Ispaniya)
"Liverpul" (Angliya) - "Bavariya" (Germaniya)
Eslatib o‘tamiz, ushbu bosqichning dastlabki uchrashuvlari 2019 yil 12-13 va 19-20 fevral kunlari, javob bahslari esa 5-6 hamda 12-13 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar