
Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi, hamyurtimiz Server Jeparov faoliyatini qayerda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi.
SPORTS.uz’ga ma’lum bo‘lishicha 36 yoshli futbolchi Eronning “Istiqlol” klubi bilan kelishuvga erishgan. Ta’kidlash kerakki, Jeparov uchun bu jamoa begona emas. Boisi, u 2017-2018 yillarda “Istiqlol” sharafini himoya qilgan va 27 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 4 ta gol urishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, Jeparovning so‘nggi jamoasi Qozog‘istonning “Jetisu” klubi bo‘lgan edi. Bundan avvalroq uni Bekobodning "Metallurg" klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Jeparov O‘zbekiston terma jamoasi safida 126 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar