Klublar o‘rtasidagi JCh. "Al-Ayn" finalda!

Klublar o‘rtasidagi JCh. "Al-Ayn" finalda!
Hozirgina BAAda davom etayotgan klublar o‘rtasidagi JChning yarim final o‘yini o‘z nihoyasiga yetdi.
Unda mezbon mamlakat - BAAning "Al-Ayn" jamoasi Libertadores kubogi g‘olibi, Argentinaning "River Pleyt" klubiga qarshi bahs olib bordi.

"Hazza bin Zayid" stadionida kechgan bellashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida kuchlar teng keldi - 2:2. Penaltilar seriyasida esa qit’adoshlarimiz 5:4 hisobida zafar quchib, final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.

"Al-Ayn"ning hal qiluvchi uchrashuvdagi raqibi esa ertaga bo‘lib o‘tadigan "Kashima Antlers" - "Real" o‘yininidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Klublar o‘rtasidagi JCh. Yarim final

“River Pleyt” (Argentina) – “Al-Ayn” (BAA) 2:2 (2:1, 0:1, 0:0, 0:0), penaltilar seriyasi - 4:5

Gollar:
0:1 – 3, avtogol Pinola, 1:1 – 11 Borre, 2:1 – 16 Borre, 2:2 – 51 Kayo.

“River Pleyt”: Armani, Maydana, Kasko, Montiyel, Pinola, Fernandes (Kintero, 55), Ponsio (de la Krus, 87), Palasios (Peres, 55), Martines (Skokko, 90), Borre, Pratto.

“Al-Ayn”: Essa, Axmed, Siotani, Axmed, El-Shaxat, Fayez, Barman (Abdurraxman, 82), Dumbiya (Nader, 107), Kayo, Berg (Moxammed, 75), Abdurraxman (Yaslam, 64).

Penaltilar seriyasi – 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 4:5.

Ogohlantirishlar: Pinola (9), El-Shaxat (50), Borre (54), Kayo (61), Axmed (80), Kasko (89), de la Krus (112).
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar