Kecha xabar berib o‘tganimizdek, Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida jarohat olgan Ivan Nagayev bugun instrumental tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu tekshiruvlar natijasida birlamchi tashxis o‘z tasdig‘ini topdi. Ya’ni, hujumchiga chap son old mushagining cho‘zilishi (mushak ichki tolalarining kichik yirtilishi bilan) tashxisi qo‘yildi. Bu haqda Sports.uz nashri xabar bermoqda.
Bundan ma’lum bo‘lyaptiki, Nagayev uchun yil oxirigacha davom etadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘z yakunini topdi.
Shunga qaramasdan murabbiylar futbolchini yig‘in guruhida olib qolishga qaror qilishgan. Zarur bo‘lgan davolash muolajalari aynan shu yerning o‘zida tibbiy shtab nazorati ostida amalga oshirilajakligi ma’qul ko‘rildi.
Bu avvalambor ruhan quvvatlov, chunki yil oxirigacha Ivan Nagayev safga qaytadigan bo‘lsa, BAAdagi Osiyo kubogida muhim figuralardan biriga aylanishi mumkin. Ikkinchidan esa, Nagayev qit’a chempionatidan qolib ketgan taqdirda ham xotirjam davolanib olishi uchun yaxshigina zamin yaratilgan bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi
Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi
Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi
AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi