
BAA maydonlarida o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining uchinchi o‘rini uchun «Kashima Antlers» va «River Pleyt» jamoalari o‘zaro bahs yuritishdi. Ushbu bahsda janubiy amerikaliklarning qo‘li baland keldi.
Argentinaliklarning gollariga Bruno Sukulini, Gonsalo Martines (dubl) va Rafael Santos Borre kabi futbolchilar muallif bo‘lishdi.
Shu tariqa, «River Pleyt» musobaqa bronza medallariga ega bo‘ldi.
Bugun shuningdek, final bahsida «Real» klubi «Al Ayn» bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 21:30da boshlanadi.
Klublar o‘rtasidagi JCh
Uchinchi o‘rin uchun bahs
Kasima Antlers Yaponiya – River Pleyt Argentina 0:4 (0:1, 0:3)
Gollar: 0:1 – 24 Sukulini, 0:2 – 73 Martines, 0:3 – 88, penalti Borre, 0:4 – 90 Martines.
Kasima Antlers – Gvon Sun Te (Sogaxata, 24), Chon Sin Xyon, Inukai, Andzai, Utida (Ogasavara, 76), Leo Silva, Nagaki, Serjino, Endo (Nisi, 65), Doi, Abe.
River Pleyt – Lyuks, Pinola, Kasko, Moreyra (Kintero, 46), Mayyada, Sukulini, Palasios (Fernandes, 46), Martines, de la Krus (Martines, 70), Borre, Alvares.
Ogohlantirishlar: Inukai (32), Kasko (36), Pinola (54), Abe (71), Martines (77).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar