
Italiya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan «Yuventus» – «Roma» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Alyans Stedium»da kechgan bahsda mezbonlar 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuvning 35-daqiqasida Mario Manjukich Mattia De Shiloning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. Bu gol oxir-oqibat turinliklarga g‘alaba keltirdi.
Bu «Yuventus»ning ligada qo‘lga kiritgan ketma-ket sakkizinchi g‘alabasi bo‘ldi.
Shu tariqa, «keksa sinora» ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 49taga yetkazib olgan holda peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Roma» (24) esa o‘ninchi o‘rinda qoldi.
Shuningdek, avvalroq ushbu tur doirasida «Inter» safarda «Kevo» bilan kuch sinashdi. Ushbu bahsda milanliklar so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborishdi va g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi.
A Seriya, 17-tur
Yuventus – Roma 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 35 Manjukich.
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, Aleks Sandro, De Shilo, Kellini, Bentankur, Pyanich (Djan, 71), Matyuidi, Ronaldu, Mandjukich, Dibala (Duglas Kosta, 80).
Roma – Olsen, Fasio, Manolas, Kolarov, Florensi (Klyuyvert, 46), Dzanolo, Nzonzi (Jeko, 79), O‘nder (Perotti, 71), Kristante, Santon, Shik.
Ogohlantirishlar: Nzonzi (40), Shik (81), Dzanolo (90).
Kevo – Inter 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 39 Perishich, 1:1 – 90+2 Pellisse.
Kevo – Sorrentino, Depaoli, Bani, Rossettini, Barba, Rigoni, Xetemay, Kiyine (Yaroshinski, 46), Djakkerini (Birsa, 77), Medjorini (Stempinski, 61), Pellisse.
Inter – Xandanovich, Vrsalko, de Vrey, Shkrinyar, D`Ambrozio, Joau Mariu (Valero, 82), Brozovich, Nainggolan (Vesino, 67), Politano (Martines, 75), Ikardi, Perishich.
Ogohlantirishlar: Kiyine (30), Xetemay (42), Joau Mariu (53), Brozovich (59), Rigoni (61).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar