4 036
"Bunyodkor" futbolchilarining AGMKga ko‘chib o‘tishini Dilshod Jo‘rayev boshlab beradimi?
Mavsumni “Bunyodkor” safida o‘tkazgan yarim himoyachi Dilshod Jo‘rayev yana Olmaliqqa qaytishi mumkin.
SPORTS.uz’ga ma’lum bo‘lishicha 26 yoshli futbolchini AGMK o‘z safiga chorlamoqda. Qayd etish lozimki, bundan avvalroq Baxtiyor Ashurmatov olmaliqliklar boshqaruvini tark etgani va uning o‘rnini Mirjalol Qosimov egallagani aytilgandi.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda inqirozga yuz tutgan “qaldirg‘ochlar”ning aksariyat futbolchilari Qosimov bilan birga AGMKga ko‘chib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Dilshod Jo‘rayevga Olmaliq shahri jamasi begona emas. Boisi, u "Bunyodkor"ga ko‘chib o‘tgunicha bir necha mavsum aynan AGMK sharafini himoya qilgan. U joriy mavsum Superligada jami 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, bu mavsum O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan AGMK yangi mavsumda Osiyo Chempionlar ligasi saralashida ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin