20:35 / 25.12.2018
3 180

Rasman! Ilhom Mo‘minjonov Pro Liga klubini boshqaradi

Rasman! Ilhom Mo‘minjonov Pro Liga klubini boshqaradi
O‘z oldiga PEPSI Superligaga chiqish vazifasini qo‘yib kelayotgan Termizning “Surxon” klubi matbuot xizmati bugun jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanganini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Pulatov rasman Ilhom Mo‘minjonovni “Surxon” klubi bosh murabbiyi etib tayinladi. Ortda qolgan mavsumda Namanganning “Navbahor” jamoasini boshqargan mutaxassis endilikda Surxondaryo viloyati jamoasiga ustozlik qiladi.

Jamoa yangi mavsum oldidan yig‘inni 5 yanvar kuni Toshkentda boshlashni rejalashtirmoqda. Yangi mavsum startiga qadar bo‘lgan tayyorgarlik rejasi yaqin kunlarda tasdiqlanishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman! Ilhom Mo‘minjonov Pro Liga klubini boshqaradi