00:53 / 27.12.2018
3 179

Gvardiola: "Bu futbol, mag‘lubiyatni ham qabul qila bilish kerak"

Gvardiola: "Bu futbol, mag‘lubiyatni ham qabul qila bilish kerak"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligasi 19-turida "Lester Siti"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Natijalarni yaxshilash va ishonchni qaytarish uchun yanada yurakdan o‘z ustimizda ishlashimiz kerak. Mavsum yakunigacha hali ancha vaqt bor. Biz hali barcha sovrinlar uchun kurash olib bormoqdamiz. Raqib bugun fantastik gol kiritdi. Bu futbol. Biz bu g‘alabani to‘g‘ri qabul qilishimiz va ishlashda davom etishimiz zarur.

"Lester"ga qarshi o‘yin ham "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinni eslatib yubordi. Biz harakat qildik, gol urdik, ammo yakunda raqib g‘alaba qozondi. Endi bor e’tiborni "Sautgempton"ga qarshi bellashuvga qaratamiz", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: "Bu futbol, mag‘lubiyatni ham qabul qila bilish kerak"