
Bu yil “Bunyodkor”ning “keksa” futbolchisi deb e’tirof etilgan Anvar G‘ofurov joriy mavsumda asosiy tarkibda faol tarzda ko‘rinish bergani yo‘q. Ko‘p vaqtida maydondan tashqarida yoki zaxirada o‘tkazishga majbur bo‘ldi. 36 yoshni qarshilagan himoyachining “qaldirg‘ochlar”dagi safari qaridi deb hisoblayotganlar ham bor. Fursatdan foydalangan holda futbolchi bilan bir qator masalalar xususida gaplashdik.
- «Bunyodkor»dagi faoliyatingizni tugatdingizmi?
- Hali bilmadim. Nima bo‘lishini ko‘ramiz. Oldindan bir nima deya olmayman. «Bunyodkor»dagi o‘zgarishlardan xabaringiz bo‘lsa kerak, Mirjalol Qo‘shoqovich OKMKni qabul qilib oldi. Endi «Bunyodkor» qanday ko‘rinishda bo‘ladi, kim boshqaradi, bularni bilmayman. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Agarda klub futbolchi sifatida mendan yana foydalanmoqchi bo‘lsa, buni ko‘rib chiqaman. Baribir hozirgi paytda oldindan biror nima deb bo‘lmaydi.
- 36 yoshdasiz va faoliyatingiz ham tugab borayotganini his qilib turgandirsiz?
- Albatta, bu yoshda o‘ynashning o‘zi bo‘lmaydi. Sog‘ligim ko‘taraversa o‘ynashda davom etaman. Hammasi harakatga bog‘liq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar