
Kelayotgan mavsumda xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qiladigan jamoalarimizdan biri – AGMK allaqachon yangi mavsum tadorigini boshlab yuborgan.
Jamoa 22 dekabrdan buyon Toshkentda yig‘in o‘tkazmoqda. Mashg‘ulotlar 30 dekabrga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan. So‘ngra futbolchilarga qisqa ta’til beriladi va olmaliqliklar 3 yanvardan yana poytaxtda to‘planishadi.
Mavsum-2019ni birinchilardan bo‘lib boshlaydigan jamoa 15 yanvarga qadar Toshkentda shug‘ullanadi. So‘ngra AGMK xorij yig‘inini o‘tkazish uchun BAAga yo‘l oladi. Olmaliqliklar Dubayda 18-31 yanvar kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borishadi. So‘ngra jamoa yurtimizga qaytib, Osiyo chempionlar ligasi o‘tish bosqichi o‘yiniga tayyorgarlikni davom ettiradi.
Ta’kidlash joiz, Mirjalol Qosimov shogirdlari 12 fevral kuni OChL-2019 saralashi doirasida Tojikistonning “Istiqlol” klubiga qarshi bahs olib boradi.
Manba: www.pfl.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar