23:10 / 28.12.2018
3 580

"Sport" telekanali sharhlovchilari Osiyo kubogi uchrashuvlarini stadiondan turib sharhlashadi

"Sport" telekanali sharhlovchilari Osiyo kubogi uchrashuvlarini stadiondan turib sharhlashadi
Xabaringiz bor, 2019 yilning 5 yanvar - 1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida 17-Osiyo Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Yurtimizdagi muxlislar mazkur musobaqadan o‘rin olgan uchrashuvlarni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "Sport" telekanali orqali tomosha qilishlari mumkin. Ayni paytda mazkur musobaqani to‘liq hajmda muxlislar e’tiboriga havola qilish uchun katta mehnat amalga oshirilmoqda. Bu haqida O‘FA Matbuot xizmatiga "Sport" telekanali direktori Zohid Karimov ma’lum qildi.

"Sport" telekanalining yaqin hamkori bo‘lgan Fransiyaning "Lagardère" kompaniyasi orqali Osiyo Kubogi musobaqasini translyatsiya qilish huquqi qo‘lga kiritildi. Ayni paytda mazkur musobaqani to‘liq ravishda muxlislar e’tiboriga havola qilish uchun katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda. Yurtimizdagi muxlislar Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasidan o‘rin olgan barcha 51ta uchrashuvni jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan parallel ravishda kechadigan o‘yinlar esa Milliy teleradiokompaniya tarkibiga kiruvchi "UzHD" yoki "Mahalla" telekanali orqali namoyish qilinadi. "Sport" telekanali sharhlovchilari mazkur turnirdan o‘rin olgan uchrashuvlarni bevosita stadiondan turib sharhlab borishlari rejalashtirilgan. Faqatgina mazkur masalaning texnik yechimini kutyapmiz.

Muxlislarga qulaylik tug‘dirish maqsadida, jonli efirda namoyish qilingan uchrashuvlar ertasi kuni soat 08:00dan boshlab yana takroran namoyish qilinadi. Bundan tashqari, har kuni "Osiyo Kubogi kundaligi" berib boriladi. Ushbu dasturda barcha o‘yinlarda kiritilgan gollar va e’tiborga molik vaziyatlar efirga uzatib boriladi. Shuningdek, "Sport" telekanali studiyasida Osiyo Kubogi musobaqasiga bag‘ishlangan dasturlar tashkil qilinib, bu dasturlarda mutaxassislar bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlar haqida o‘z fikrlari bilan chiqish qilib turishadi. Xullas, O‘zbekistondagi muxlislarni Osiyo Kubogi musobaqasi muhitiga olib kirish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz", - deydi Zohid Karimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Sport" telekanali sharhlovchilari Osiyo kubogi uchrashuvlarini stadiondan turib sharhlashadi