O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 15 dekabridan beri Turkiyaning Antaliya shahrida yig‘in o‘tkazayotganidan xabaringiz bor. Yig‘in davomida Ektor Kuper boshchiligidagi murabbiylar shtabi Osiyo Kubogiga yo‘l oladigan yakuniy tarkibni aniqlab oldi. Quyidagi 23 nafar futbolchi Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan qit’a musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Darvozabonlar:
1. Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")
12. Sanjar Quvvatov ("Nasaf")
21. O‘tkir Yusupov ("Qo‘qon-1912")
Himoyachilar:
2. Akmal Shorahmedov ("Paxtakor")
3. Doston Tursunov ("R. Yamaguchi", Yaponiya)
4. Farrux Sayfiyev ("Paxtakor")
5. Anzur Ismoilov ("Lokomotiv")
6. Davron Hoshimov ("Navbahor")
13. Oleg Zoteyev ("Lokomotiv")
15. Yegor Krimets ("Paxtakor")
20. Islom To‘xtaxo‘jayev ("Lokomotiv")
Yarim himoyachilar:
8. Ikrom Aliboyev ("Seul", Janubiy Koreya)
9. Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG", Xitoy)
11. Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
14. Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya)
16. Aziz Turg‘unboyev ("Navbahor")
17. Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
18. Fozil Musayev ("Jubilo Ivata", Yaponiya)
19. Otabek Shukurov ("Sharja", BAA)
22. Javohir Sidiqov ("Qo‘qon-1912")
23. Odil Hamrobekov ("Nasaf")
Hujumchilar:
7. Sardor Rashidov ("Lokomotiv")
10. Marat Bikmayev ("Lokomotiv")
Yig‘in doirasida bitta nazorat o‘yini o‘tkazish rejalashtirilgandi. Ammo milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi keyinchalik bu fikrdan qaytib, turli jarohatlarni oldini olish maqsadida nazorat uchrashuvi o‘tkazmaslikka qaror qildi. 29 dekabrdan 30 dekabrga o‘tar kechasi futbolchilarimiz Turkiyadan yurtimizga qaytib kelishadi. Keyin 2 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l olishadi.
Manba: www.ufa.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi