09:27 / 29.12.2018
3 986

Nurmagomedovning menejeri: «Meyvezer haqiqiy jangchi emas»

Nurmagomedovning menejeri: «Meyvezer haqiqiy jangchi emas»
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz mijozining besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni bokschi Floyd Meyvezer bilan kechadigan jangining yakkakurash qoidalariga ko‘ra tashkil etilishi kerakligi haqida gapirdi, deb yozadi Daryo.

Uning fikriga ko‘ra, bu yo‘nalishda jang qilishga amerikalik yetarlicha ruhiy tayyor emas.

«MMA qoidalari bo‘yicha jang olib borishda Meyvezerga jasorat yetishmaydi. U bizning sport qoidalari bo‘yicha jang qila olmaydi. Boks — chala sport, MMA esa haqiqiy jangchilar uchun to‘laqonli sport turi. Floyd haqiqiy jangchi emas, u oddiygina atlet, xolos. Nurmagomedovga kelsak, u haqiqiy jangchi», — deydi Abdulaziz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nurmagomedovning menejeri: «Meyvezer haqiqiy jangchi emas»