00:30 / 03.01.2019
3 283

Fozil Musayev: "Futbolchilarning ishtiyoqi nihoyatda baland"

Fozil Musayev: "Futbolchilarning ishtiyoqi nihoyatda baland"
Bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Fozil Musayev O‘FA Matbuot xizmatiga Birlashgan Arab Amirliklaridagi birinchi kun mashg‘ulotlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Birinchi kun ajoyib tarzda o‘tdi. Parvoz biroz toliqtirganiga qaramay, hamma yaxshi kayfiyatda. Bizga yaratilgan barcha sharoitlar a’lo darajada deb aytish mumkin. Ayniqsa, bunday ob-havoda futbol o‘ynash juda qulay. Haddan ziyod issiq ham emas, sovuq ham emas.

Mashg‘ulotlarda mazza qilib harakat qildik. Birinchi kun mashg‘ulotlari odatda yengil tarzda o‘tadi. Terma jamoada ajoyib muhit hukmron. Barcha bir-birini qo‘llab-quvvatlamoqda. Futbolchilarning ishtiyoqi nihoyatda baland, barcha kurashga tayyor. Maydonga faqat g‘alaba uchun tushamiz", - deya aytib o‘tdi Fozil Musayev.

Manba: O‘FA

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fozil Musayev: "Futbolchilarning ishtiyoqi nihoyatda baland"