
Osiyo kubogi musobaqasi oldidan bir qator terma jamoalar o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishmoqda. Ularning birida guruh bosqichidagi raqibimiz Ummon termasi Tailand bilan bahs yuritdi.
Ushbu bahsda ummonliklar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. 25-daqiqada Ahmad Kano hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Muhsin al G‘assoniy hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasida Ummon, Turkmaniston va Yaponiya bilan bir guruhdan joy olgan. Hamyurtlarimiz 9 yanvar kuni musobaqa 1-turida Ummon bilan bahs olib boradilar.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Ummon – Tailand 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 25 Kano, 2:0 – 55 Al G‘assoniy.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar