Amerikalik aralash yakkakurash jangchisi Jon Jons Mutlaq jangchilik chempionatining (UFC) barcha vazn toifalari hisobga olingan reytingida rossiyalik Xabib Nurmagomedovdan oldinga o‘tib oldi. To‘liq reyting UFC saytida e’lon qilingan.
UFC’ning 2018 yildagi oxirgi musobaqasida Jons shvetsiyalik Aleksandr Gustafssonni mag‘lub etib, yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. U bu natijasi evaziga reytingning 2-o‘rniga ko‘tarilib oldi.
Avval bu o‘rinni egallagan Nurmagomedov 3-o‘ringa tushib ketdi. Ro‘yxatga esa og‘ir vazn toifasidagi amaldagi chempion, amerikalik Deniyel Korme yetakchilik qilmoqda. Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregorni mag‘lub etgandan keyin 2-o‘ringa ko‘tarilib olgandi.
Nurmagomedov birorta jangini yutqazmagan, uning hisobida 27 jangdan 27 g‘alaba bor. Jons esa oktagonda 23 ta g‘alabaga erishgan va bir jangida taqiqlangan zarbalarni bajargani uchun unga mag‘lubiyat berilgan. Uning yana bir jangi bo‘lib o‘tmagan deb tan olingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi