
6 yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi musobaqasining 1-turi doirasida 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi.
Xususan, «A» guruhida 1-tur bahslari yakunlanadi. Tailand terma jamoasi Hindiston bilan hisob-kitob qiladigan o‘yin 18:30 da boshlanadi. Guruhning ilk o‘yinida mezbon BAA terma jamoasi kecha Bahrayn bilan durang qayd etgandi.
«B» guruhi vakillari ham bugunning o‘zida 1-tur uchrashuvlarini o‘tkazadi. Jumladan, Avstraliya terma jamoasi Iordaniya termasi bilan kurashga kirishadi. Bellashuv 16:00 da boshlanadi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvi esa Suriya hamda Falastin terma jamoalari o‘rtasida kechadi. O‘yin 21:00 da boshlanishi belgilangan.
Osiyo Kubogi—2019
«A» guruhi, 1-tur
6 yanvar, yakshanba
Tailand—Hindiston 18:30
«B» guruhi, 1-tur
Avstraliya—Iordaniya 16:00
Suriya—Falastin 21:00 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar