
UFC yarim og‘ir vazn chempioni Jon Jons Entoni Smit bilan qachon jang qilishi ma’lum bo‘ldi. Ushbu bahs joriy yilning 2-mart kuni Las-Vegasda tashkillashtiriladigan UFC 235 turniri doirasida bo‘lib o‘tish e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun, Jons 29 dekabr kuni Aleksandr Gustafssonni mag‘lub etib 3-marotaba yarim og‘ir vazn toifasida chempionlik kamari sohibiga aylandi. Entoni Smit esa ushbu vaznda 2018 yildan buyon kurash olib bormoqda va shu davr mobaynida ketma-ket uchta bellashuvda muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar