
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining 1-turidan o‘rin olgan Avstraliya va Iordaniya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z yakuniga yetdi. Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan bahsda sensatsion natija qayd etildi.
Uchrashuv kutilganidek “yashil Qit’a” vakillarining ustunligida boshlandi va to‘p nazorati to‘liq avstraliyaliklar tomonida bo‘ldi. Biroq gol urish iordaniyaliklarga nasib etdi.
26-daqiqada Anas Bani Yossin burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi va hisobni ochdi. Shundan so‘ng nominad mehmonlar butkul himoyaga o‘tib olishdi va o‘z omadlarini qarshi hujumlardan izlashdi.
Ikkinchi bo‘lim ham to‘liq Avstraliya termasi nazoratida o‘tdi, biroq xavfli vaziyatlar yaratish “kengurular”ga oson bo‘lmadi.
Shu tariqa, amaldagi chempion ushbu turnirni mag‘lubiyat bilan boshladi.
Osiyo Kubogi-2019, 1-tur
Avstraliya – Iordaniya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 26 Bani Yossin.
Avstraliya: Metyu Rayan, Josh Risdon, Aziz Bexich, Trent Seynsberi, Milosh Degenek, Aver Mabil, Mark Miligan, Robbi Kruz, Tom Rogich, Massimo Luongo, J yeymi Maklaren.
Iordaniya: Amir Sha’fi, Salim al Ayalin, Anas Baniy Yossin, Tariq Xattab, Feras Shilbaya, Yusuf Ravshdeh, Said al Murjan, Baha Abdulrahmon, Xalil Bani Atoyah, Yosin Baxet, Musa Sulaymon.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar