
6 yanvar, yakshanba oqshomida «Barselona» jamoasi La Liganing 18-turi doirasida «Xetafe» mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvda hisob 20-daqiqada Leo Messi tomonidan ochildi. 39-daqiqada Luis Suares «Barselona»ning 2:0 hisobida oldinga chiqib olishini ta’minladi. Oradan 4 daqiqada o‘tib mezbonlar vakili Mata hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Mazkur hisob o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmay qoldi.
La Liga
18-tur bahsi
6 yanvar, yakshanba
«Xetafe» – «Barselona» 1:2
Gollar: 0:1 – 20 Messi, 0:2 – 39 Suares, 1:2 – 43 Mata.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar