20:42 / 07.01.2019
3 252

Janubiy Koreya Filippinni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

Janubiy Koreya Filippinni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining 1-turidan o‘rin olgan Janubiy Koreya va Filippin terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.

Uchrashuv kutilganidek koreyaliklarning ustunligida boshlandi, biroq "Osiyo yo‘lbarslari" vaziyatlarni golga aylantirishda qiyinchilikka uchradilar. O‘yindagi hisob 67-daqiqada ochildi: Xvan Iy Cho raqib jarima maydonidagi tartibsizlikdan unumli foydalanib, yaqin masofada darvozani ishg‘ol qildi.

Goldan so‘ng ham Koreya vakillari hujumdan to‘xtashmadi va yana bir qator imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, Sven Yoren Eriksen shogirdlari ham o‘yin yakunida bosim qilishga urinishdi. Biroq hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi.
Shu tariqa, Paulo Bentu shogirdlari musobaqani g‘alaba bilan boshlashdi va guruhda Xitoy bilan birgalikda yetakchilik qilishmoqda.

Osiyo Kubogi, 1-tur
Janubiy Koreya – Filippin
Gol:
1:0 – 67 Xvan Iy Cho.
Janubiy Koreya – Kim Shin Gyu, Kim Yon Gvon, Li Yon, Kim Chin Su, Kim Min Che, Ku Ja Chhol (Li Chon Yon, 64), Li Che Son (Chu Se Chon, 86), Chon U Yon, Ki Son Yon (Hvan In Bom, 58), Xvan Iy Cho, Xvan Xi Chxan.
Filippin – Falkesgor, Alvaro Silva, Sato, Palla, Vudlend, Ingreso (Remzi, 75), Shtrauss (Yangxazbend, 89), Rayxelt, Ott (Rid, 78), Shrek, Patino.
Ogohlantirishlar: Li Yon (25), Chon U Yon (52), Rayxelt (60), Kim Chin Su (77), Shrek (88).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Janubiy Koreya Filippinni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi