“Bunyodkor” klubida bosh direktor o‘zgardi

“Bunyodkor” klubida bosh direktor o‘zgardi
Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirildi. “Bunyodkor” FK bosh direktori sifatida 2017 yil may oyidan buyon faoliyat yuritib kelgan Murod Boqiyevich Aliyev o‘z xohishiga ko‘ra, lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Klubga bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib bugungi kunga qadar “Bunyodkor” klubi sport direktori sifatida faoliyat olib organ Ulug‘bek Abdusattorovich Mirzayev tayinlandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar