12 yanvar, shanba kuni Osiyo Kubogi guruh bosqichida 2-turning 3 ta uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Sensatsiyalar kuzatilmagan taqdirda, ushbu bahslardan so‘ng bilan pley-off yo‘llanmasini muddatidan oldin qo‘lga kiritgan jamoalar soni 3 tadan 6 taga yetishi kutilmoqda.
«D» guruhi
Kunning ilk o‘yini Abu-Dabida, tarkib jihatdan musobaqadagi eng yosh jamoalardan biri Vetnam va tajribali futbolchilardan iborat Eron terma jamoalari o‘rtasida kechadi.
Forslar o‘tgan turda Yaman darvozasiga javobsiz beshta to‘p yo‘llagan edi. Vetnamliklar esa bir oy oldin Janubi–Sharqiy Osiyo chempioni bo‘lishdi, Osiyo Kubogi ilk turida Iroqqa qarshi maydonga chiqib, ikki marotaba hisobda oldinda borayotgani holda 90-daqiqada gol o‘tkazib yubordi va mag‘lubiyatga uchradi. O‘yinoldi matbuot anjumanida Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush ayni shu jihatga urg‘u berdi; raqib oktyabr oyidan buyon 13ta o‘yin o‘tkazgani va iroqliklarga katta tashvish tug‘dira olganidan kelib chiqib, raqibga past nazar bilan qaramasligini asoslashga urindi.
Poytaxt amirlikdagi ushbu bahs yakuniga yetgach, Sharjada Yaman – Iroq bahsi start oladi. Srechko Katanets murabbiyligidagi iroqliklar, yuqorida ta’kidlanganidek, ilk turda iroda ko‘rsatib Vetnamni mag‘lubiyatga uchrata oldi. Osiyoning 2007 yilgi chempioni ikkinchi turda debyutant Yamanni mag‘lub etishning uddasidan chiqsa, pley-off masalasini hal etib oladi.
16:00. Vetnam – Eron
18:30. Yaman – Iroq
«E» guruhi
Livan Osiyo Kubogida so‘nggi marta bundan 19 yil oldin ishtirok etgan, 2000 yilgi qit’a birinchilini o‘zida qabul qilib, turnirda debyut qilgan edi. Miodrag Radulovich qo‘l ostidagi jamoa chorshanba kuni Qatarga 0:2 hisobida yutqazdi, bugun esa Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi: livanliklar ko‘p ehtimol bilan so‘nggi turda KXDRni mag‘lub etib, eng yaxshi uchinchilar qatorida keyingi bosqichga chiqishni mo‘ljal qilgan. Saudiyaliklar esa, eslatib o‘tamiz, birinchi turda koreyslar darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p yo‘llashgan edi.
21:00. Livan – Saudiya Arabistoni
13 yanvar, 16:00. KXDR – Qatar
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi