Superog‘ir vazn toifasidagi bokschi Dillian Uayt ukrainalik afsona Vladimir Klichkoni mag‘lub eta olishini aytdi.
Britaniyalik charm qo‘lqop ustasi biroz avval Klichkoning aynan Uayt bilan jang o‘tkazish uchun ringga qaytayotgani haqidagi xabarga o‘z munosabatini bildirdi.
"Men bu jangga o‘z roziligimni beraman va Klichkoni nokautga uchrataman. Ha, tan olish kerak u juda ham buyuk jangchi. Joshuani mag‘lub etishiga bir bahya qolgandi. Lekin, hozir mening davrim kelgan. Klichko ayni paytda menga hech qanday muammo tug‘dira olmaydi.
Shu o‘rinda bir narsani aytishim kerak - men Vladimir bilan bir necha yil davomida bitta zalda mashg‘ulot o‘tkazganman. Aytmoqchi bo‘lganim, uning zaif tomonlarini bilaman. U tana qismiga zarba berishni yoqtirmaydi. Asosiy zarbalarini bosh qismiga yo‘naltiradi", - dedi Uayt. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?