
Bugun Germaniyada an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan Telekom kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Bu safar musobaqa finalida “Bavariya” Myunxengladbaxning “Borussiya” klubiga qarshi bahs yuritdi. Murosasiy kechgan uchrashuvning asosiy bo‘limlari 0:0 hisobida yakunlangach g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda esa 4:2 hisobida myunxenliklarning qo‘li baland keldi.
Ma’lumot uchun, "Bavariya" o‘z tarixida 5-marta ushbu musobaqada g‘olib chiqdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar