Taniqli mutaxassis Ravshan Haydarov Osiyo Kubogidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Yaponiya uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Avvalambor, yigitlarimiz keyingi bosqich masalasini muddatidan avval hal qilishgani bilan tabriklayman. Minimum vazifa bajarilgani tashqi bosimni kamaytiradi. Keyingi o‘yinlarda futbolchilar yanada kuchliroq o‘yin namoyish qilishlariga yordam beradi. Yaponiyaga qarshi o‘yinda bosim yo‘q bo‘lsa-da, mas’uliyat bor. Futbolchilarimiz g‘oliblik ruhini yo‘qotmaslik uchun ham bu o‘yinda g‘alaba uchun harakat qilishadi.
Murabbiylar shtabi futbolchilarimizni Yaponiyaga qarshi o‘yinga to‘g‘ri tayyorlashlariga ishonchim komil. Pley-off o‘yinidan oldin Yaponiyaga qarshi uchrashuv juda ham qo‘l keladi. Bu o‘yinda g‘alaba qozonadigan bo‘lsak, o‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz yanada ortadi. Futbolchilarimiz o‘yindan-o‘yinga kuchayib borishmoqda. Albatta, Yaponiya kuchli raqib. Lekin bizning yigitlar bugun chiroyli o‘yin namoyish qilishlariga ishonaman.
Yaponiyaga qarshi o‘yinda terma jamoamizga omad tilab qolaman!" - deydi Haydarov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi