
Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Habib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan revansh jangini o‘tkazish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.
“Yana nima uchun unga revansh berish kerak? O‘tgan jang oldidan u juda ko‘p gapirgandi. Biroq biz oktagonga kirganimizda, uning qo‘lidan hech narsa kelmadi”, - dedi Nurmagomedov.
Eslatib o‘tamiz, aralash yakkakurash bo‘yicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi o‘tgan yil 6 oktyabr sanasida Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida o‘tkazilgan edi.
Xabib bo‘g‘uvchi usulni qo‘llab, g‘alaba qozongandi. Ammo keyin oktagon setkasidan sakrab Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar