
Angliya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan «Arsenal» – «Chelsi» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Emireyts»da kechgan bahsda mezbonlarning qo‘li baland keldi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida Aleksandr Lyakazet maydon egalarini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 39-daqiqada Loran Koselni jamoasining ikkinchi golini urdi.
Shu tariqa, hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi va ko‘klar yana ochko yo‘qotishdi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Arsenal» ochkolarini 44taga yetkazib oldi va beshinchi pog‘onada bormoqda. «Chelsi» (47) esa to‘rtinchi o‘rinda qoldi.
APL, 23-tur
Arsenal – Chelsi 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 14 Lyakazett, 2:0 – 39 Koselni.
Arsenal – Leno, Papastatopulos, Kolashinats, Belerin (El-Nenni, 72), Koselni, Torreyra, Djaka, Genduzi, Remzi (Meytlend-Naylz, 67), Obameyang, Lyakazett (Ivobi, 68).
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Azar, Kante, Pedro (Xadson-Odoi, 80), Kovachich (Barkli, 63), Villian (Jiru, 68), Jorjino.
Ogohlantirishlar: David Luiz (37). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar