Sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni 40 yoshli Menni Pakyao 4 vazn toifasining sobiq jahon chempioni Edriyen Bronerni mag‘lub etib WBA Regular chempionlik kamarini himoya qildi.
Bahs Las-Vegasda bo‘lib o‘tdi va Menni hakamlar qaroriga ko‘ra 117-111, 116-112, 116-112 hisobi bilan g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, Broner professional ringda 39 ta jang o‘tkazib, 33 tasida g‘alaba qozongan va yana 4 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan. Menni Pakyaoning hisobida 61 g‘alaba, 7 mag‘lubiyat va 2 bahsda durang bor.
Turnir doirasida, Markus Braun Badu Jek ustidan g‘alaba qozonib WBC Silver chempioni nomiga sazovor bo‘ldi. Shu qatori, Nordin Ubaali Raushi Uorrenni mag‘lub etib WBC yengil vazn chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi