23:06 / 27.01.2019
3 168

«Barselona» Kataloniya derbisida «Jirona»ni mag‘lubiyatga uchratdi

«Barselona» Kataloniya derbisida «Jirona»ni mag‘lubiyatga uchratdi
Ispaniya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan «Jirona» – «Barselona» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Montilivi» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi va ko‘k-anooarnglilar tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. 9-daqiqada Nelson Semedu jamoasining kombinatsiyasini gol bilan yakunladi.

Tanaffusgacha ikki jamoada ham bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq hisob o‘zgarmay qoldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida mezbonlar bir kishi kam bo‘lib qolishdi. Bernardo Espinosa ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi.

68-daqiqada Lionel Messi Xordi Albaning uzatmasidan so‘ng darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va chiroyli golga muallif bo‘ldi. Mana shu hisob o‘yin so‘nggiga qadar saqlanib qoldi.
Shu tariqa, «Barselona» ochkolarini 49taga yetkazib olgan holda turnir jadvalida karvonboshilikni davom ettirmoqda.
La Liga, 21-tur
Jirona – Barselona 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar:
0:1 – 9 Nelson Semedu, 0:2 – 68 Messi.
Jirona – Bunu, Alkala, Espinosa, Xuanpe, Porro, Granel (Payk Sыn Xo, 86), Fernandes, Portu (Losano, 80), Pons, Aleish Garsiya (Duglas Luis, 70), Stuani.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle (Vermalen, 77), Rakitich, Buskets (Serdji Roberto, 82), Vidal (Artur, 58), Koutino, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Espinosa (29), Langle (31), Vidal (37), Buskets (43), Bunu (52), Xuanpe (69).
Chetlatish: Espinosa (51).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» Kataloniya derbisida «Jirona»ni mag‘lubiyatga uchratdi