27 yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 19-turi doirasida so‘nggi 2 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Myunxenning «Bavariya» klubi o‘z maydonida «Shtutgart»ni qabul qildi va yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
1-bo‘limning 5-daqiqasidayoq «Bavariya» yarim himoyachisi Tyago Alkantara hisobni ochgan bo‘lsa, 26-daqiqaga kelib raqib jamoa a’zosi Anastasios Donis hisobni tenglashtirdi (1:1).
2-bo‘limning 55-daqiqasida 1-golga assistentlik qilgan Kristian Gentner o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (2:1). Oradan 10-daqiqa o‘tib, «Shtutgart» darvozasiga penalti belgilandi, ammo Robert Levandovski ushbu vaziyatdan unumli foydalana olmadi. 71-daqiqada Leon Goretska Yosua Kimmix uzatgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi va hisobni yiriklashtirdi (3:1). 84-daqiqaga kelib, Robert Levandovski xatosini to‘g‘irladi va o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (4:1).
Shu tariqa Niko Kovach shogirdlari navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.
«Fortuna D» jamoasi o‘z maydonida «Leypsig»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
19-tur bahslarida so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
Bundesliga 19-tur bahslari
27 yanvar, yakshanba
«Bavariya»—«Shtutgart» 4:1
Gollar: 1:0 – 5 Alkantara, 1:1 — 26 Donis, 2:1 — 55, avtogol, Gentner, 3:1 — 71 Goretska, 4:1 — 84 Levandovki.
«Bavariya»: Noyer, Kimmix, Sule, Hummels, Alaba, Martines (Gnabri, 46), Alkantara, Goretska, Myuller (Rodriges, 74), Levandovski, Koman (Devis, 86).
«Shtutgart»: Siler, Bek, Kabak, Kempf, Insua, Essvayn (Sosa, 90), Gentner, Askasibar, Suber (Didavi, 87), Donis (Tommi, 74), Gonsales.
Ogohlantirishlar: Alaba (32), Gentner (66).
«Fortuna D»—«Leypsig» 0:4
Gollar: 0:1 — 2 Poulsen, 0:2 — 9 Orban, 0:3 — 16 Poulsen, 0:4 — 68 Laymer. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi