23:46 / 28.01.2019
5 365

12 fevral kuni Oʻzbekistonda ikkita xalqaro oʻyin boʻladi

12 fevral kuni Oʻzbekistonda ikkita xalqaro oʻyin boʻladi
2019 yilgi Osiyo chempionlar ligasida Oʻzbekistondan 3 ta klub ishtirok etadi.
Amaldagi chempion “Lokomotiv” oʻz ishtirokini toʻgʻridan-toʻgʻri guruh bosqichdan boshlaydi. AGMK va “Paxtakor” klublari esa saralash bosqichida ishtirok etishadi.

12 fevral kuni “Paxtakor” Toshkentda Iroqning “Eyr Fors” klubini qabul qiladi. Mazkur bahs gʻolibi 19 fevral kuni BAAda “Al Nasr” bilan guruh bosqichiga chiqish uchun oʻynaydi.

Xuddi shu kuni Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK Olmaliq shahrida Tojikistonning “Istiqlol” klubi bilan kuch sinashadi. Bu uchrashuvda kim gʻalaba qozonsa 19 fevralda Saudiya Arabistonida “Al Nassr” mehmoni boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 12 fevral kuni Oʻzbekistonda ikkita xalqaro oʻyin boʻladi