
Italiya Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan «Atalanta» – «Yuventus» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Adzurri d′Italiya» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Bergamoliklar safida Duvan Sapata dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Timoti Kastan muallif bo‘ldi. Shu tariqa, «Atalanta» Kubok yarim ifnaliga yo‘l oldi, «Yuventus» esa musobaqani tark etdi.
Bergamo klubi yarim finalda «Fiorentina» bilan o‘ynaydi. O‘z navbatida florensiyaliklar «Roma»ni 7:1 hisobida taslim etib, keyingi bosqichga yo‘l olishgandi.
Italiya Kubogi
Chorak final
Atalanta – Yuventus 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 37 Kastan, 2:0 – 39 Sapata, 3:0 – 86 Sapata.
Atalanta – Berisha, Gimshiti, Palomino (Masello, 89), Kastan, Toloi, Ilichich (Pashalich, 27), Froyler, Gomes, de Ron (Gosens, 90), Xatebur, Sapata.
Yuventus – Shchensni, Rugani, Aleks Sandro, De Shilo, Kellini (Joau Kanselu, 27), Xedira (Pyanich, 71), Bentankur, Matyuidi, Bernardeski, Dibala (Duglas Kosta, 61), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Gimshiti (43), Froyler (45), Xatebur (54), Pyanich (79), Matyuidi (88).
Fiorentina – Roma 7:1 (3:1, 4:0)
Gollar: 1:0 – 7 Keza, 2:0 – 18 Keza, 2:1 – 28 Kolarov, 3:1 – 33 Muriel, 4:1 – 66 Benassi, 5:1 – 74 Keza, 6:1 – 79 Simeone, 7:1 – 89 Simeone.
Fiorentina – Lafon, Petsselya, Biragi, Milenkovich, Vitor Ugo (Lorini, 22), Fernandesh, Veretu, Keza (Jerson, 77), Benassi, Miralyas, Muriel (Simeone, 73).
Roma – Olsen, Florensi, Manolas, Kolarov, Fasio, Nzonzi (Pellegrini, 46), Kristante, Dzanolo, Pastore (Jeko, 46), El-Shaaravi (de Rossi, 77), Shik.
Ogohlantirishlar: Dzanolo (11), El-Shaaravi (31), Muriel (69), Pellegrini (71).
Chetlatish: Jeko (72).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar