
Birlashgan Arab Amirliklari futbol assotsiatsiyasi Osiyo Kubogi yarim finalida Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan (0:4) OFKga arznoma bilan chiqdi, deya xabar qilmoqda New York Times nashri.
Qatarliklar ikkita futbolchini noqonuniy yo‘l bilan termaga jalb qilganlikda ayblanmoqdalar. Ular sudanlik Al-Moiz Ali va iroqlik Basim Al-Roviy.
Qoidalarga ko‘ra terma jamoada to‘p suradigan futbolchi 18 yoshga to‘lgandan so‘ng o‘sha mamlakatda kamida besh yil yashashi kerak. Hozirda Al-Roviy 21 yoshda, Ali esa 22da. Biroq bunda mustasno holatlar ham bor, unga ko‘ra, futbolchining ota-onasi yoki bobo-buvisi o‘sha mamlakatda tug‘ilgan bo‘lishlari kerak.
OFK ushbu holatni o‘rganib chiqayotganini ma’lum qilgan.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar