
6—7 fevral kunlari futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining 1/2 final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
6 fevral, chorshanba kuni musobaqa yarim finalining dastlabki uchrashuvida ikki azaliy raqib — Ernesto Valverde qo‘l ostidagi «Barselona» klubi o‘z maydonida Santyago Solari boshliq «Real Madrid» jamoasi bilan final yo‘llanmasi uchun kurashga kirishadi.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi. O‘yinni Rossiyaning «Match-TV» telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Ma’lumot uchun, Kataloniya klubi 1/4 final bosqichida «Sevilya»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yirik 6:3 hisobida mag‘lub etgandi. «Qirollik klubi» esa «Jirona» ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (7:3).
Ispaniya Kubogi
1/2 final bahslari
6 fevral, chorshanba
«Barselona»—«Real Madrid» 01:00
7 fevral, payshanba
«Betis»—«Sevilya» 01:00 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar