21:00 / 06.02.2019
4 523

Isroil Madrimov mart oyida chempionlik kamarini himoya qiladi

Isroil Madrimov mart oyida chempionlik kamarini himoya qiladi
Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (1-0, 1 Ko) professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi.

GoSport.uz internet-nashri manbalari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Madrimov 9 mart kuni Nyu-Yorkdagi Verona shaharchasida joylashgan Turning Stone Resort & Casino arenasida ringga ko‘tarilib, chempionlik kamarini himoya qiladi. Hozircha Isroilga kim raqiblik qilishi ma’lum emas. Tez orada sportchi bu borada ham ma’lumot berishini bildirib o‘tgan.

9 mart kuni bo‘lib o‘tadigan boks oqshomining asosiy jangida rossiyalik yarim og‘ir (-79,38 kg) vazn toifasining WBA yo‘nalishi chempioni Dmitriy Bivol (15-0, 11KO) amerikalik Jo Smit Juniorga (24-2, 20KO) qarshi chempionlik kamarini himoya qiladi. Mazkur boks kechasida super yengil vazn toifasining WBO kamari sohibi amerikalik Mauris Huker (25-0-3, 17KO) asli trinidadlik bo‘lgan Mikkel Lesperga (20-0-1, 9 KO) qarshi kamar himoyasi uchun jang qiladi.

Shuningdek, o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Shahram G‘iyosov (6-0, 5 KO) ham shu oqshomda ringga chiqadi.
Mazkur janglar AQShda DAZN internet platformasi orqali translyatsiya qilinadi, Britaniyada Sky Sports telekanali orqali namoyish etiladi.

Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov WBA Intercontinental kamari sohibi sanaladi. U 2018 yilning 24 noyabr kuni debyut jangidayoq meksikalik Vladimir Ernandesni (10-3, 6 KO) oltinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratib ushbu kamar sohibi bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimov mart oyida chempionlik kamarini himoya qiladi