Taniqli nigeriyalik futbolchi Piter Odemvingiye ayni paytda Toshkentda bo‘lib turibdi. Kun.uz manbasining tasdiqlashicha, uni «Bunyodkor» bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z klubida to‘p surish uchun taklif etgan.
37 yoshli hujumchini bugun «qaldirg‘ochlar»ning «Buxoro»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini kuzatayotgan «Bunyodkor» murabbiylari bilan ko‘rishgan. Manba ma’lumotiga ko‘ra, Abramov haqiqatan ham uni jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida chaqirgan, ammo «Bunyodkor» rahbariyatiga bu nomzod bilan shartnoma imzolash varianti ma’qul kelmagan.
Odemvingiye ertaga, 10 fevral kuni Toshkentdan jo‘nab ketishi kutilmoqda.
Foto: O‘zA
Ma’lumot uchun, Piter 1981 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Faoliyati davomida «Lill», «Lokomotiv» Moskva, «Vest Bromvich», «Kardiff» va «Stok Siti» kabi klublarda o‘ynagan; Nigeriya terma jamoasi safida Afrika millatlar kubogining uch karra bronza medali sohibi bo‘lgan. U 2017 yildan buyon Indoneziyaning «Madura Yunayted» klubi sharafini himoya qilayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi